Jaloliddin Mirzayev
Jaloliddin JM | |
Jaloliddin Mirzayev Fahriddin oʻgʻli | |
![]() Jaloliddin Mirzayev (2016-yil, Toshkent) |
|
Tugʻilgan paytidagi ismi: | Jaloliddin Mirzayev Fahriddin oʻgʻli |
Tavalludi sanasi: | 28-iyul, 1996 (21 yosh) |
Tavalludi joyi: | Chimkent, Qozogʻiston |
Fuqaroligi: | ![]() |
Faoliyat yillari: | 2011 – hozirgi kun |
Leybl: | JMedia Group |
Kasblari: | qoʻshiqchi, boshlovchi, bloger |
Janr: | Pop |
www.JM.uz Instagramdagi rasmiy sahifa |
Jaloliddin Mirzayev oʻzbek qoʻshiqchisi, teleboshlovchi va bloger/vloger. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida yashaydi hamda ijod qiladi.
Shou-biznesdagi ilk faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Ilk kuylagan qoʻshigʻi „Yoʻq“ deb nomlangan. Jaloliddin Mirzayev ilk vokal saboqlarini taniqli ijodkor Ma'mura Qurbonovadan olgan. Hozirgi kunga qadar yakkaxon qoʻshiqchi sifatida muvaffaqiyat qozonmoqda va ijodining qizgʻin pallasi 2017-yildan boshlandi.
2018-yilning yanvar oyida xonandaning Beqarorman nomli ilk albomi va Alamim bor taronasi Apple Music (iTunes), SoundCloud, Spotify, Qobuz kabi musiqiy online-doʻkonlari orqali sotuvga chiqarildi. Shazam musiqiy tizimiga ham kiritildi.
2017-yilda Jaloliddin „Alamim bor“ taronasiga oʻzining ilk klipini suratga oldi. Suratga olish jarayonlari Chirchiq shahrida boʻlib oʻtdi. Klip Oʻzbekistonning „Mening Yurtim“ (MY5) hamda „S-Ikbol“ (Xorazm) telekanallarida shuningdek, YouTubedagi mashxur ELLO kanalida premyera qilindi. Tez kunlarda Rossiyaning „TMB-TV“ teleradiokanalida ham klipni rotatsiya qilish rejalashtirilgan.
Ijodkorning televideniyedagi faoliyati 2016-yilning mart oyidan boshlangan. U „Mening Yurtim“ (MY5) telekanali tomonidan tashkil etilgan „Telekasting“ tanlovida gʻolib boʻlib, kanalga ishga qabul qilingan. Jaloliddin hozirgi kunga qadar ana shu kanalning 10 ga yaqin koʻrsatuvlarida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi va 500 ga yaqinda turli xil audio-video tayyorlab efirga uzatishga ulgurdi.
Jaloliddin Mirzayev uchun suxandonlik kasbi ham begona emas. 2011-yildan buyon 500 ga yaqin turli xil ovozli reklamalar, radio efirlar uchun imidj ovozlarni tayyorladi. Ayni vaqtda u „Mening Yurtim“ (MY5) telekanali, „Hamkorbank“ ATB, Oʻzbekiston havo yoʻllari MAKning rasmiy ovozi hisoblanadi.
Mundarija
[yashirish]Oilasi[tahrir]
- Fahriddin Mirzayev (otasi)
- Lola Mirzayeva (Pulatova) (onasi)
- Sirojiddin Mirzayev (ukasi)
Leybl[tahrir]
Jaloliddin Mirzayev 2017-yil soʻngida JMedia Group leybliga asos soldi va hozirgi kunda mana shu nom ostidagi ovoz yozish hamda vizual materiallarni ommaga tarqatish studiyasida ijod qilmoqda.
Diskografiyasi[tahrir]
Yil | Albom |
---|---|
2018 | Beqarorman |
2018 | Alamim bor |
Qoʻshiqlari[tahrir]
Yil | Qoʻshiq nomi | Bastakor |
---|---|---|
2013 | „Meni kechir“ (Voxid bilan) | |
„Sevmaysan“ (DJ Shakh bilan) | ||
2014 | „Endi kutma“ (UmiD.uZ bilan) | Shaxboz va Navruz dueti ijodkorlari, DJ JoHa |
„Taqdir“ (Mr.X bilan) | ||
„Endi kutma“ (Remix) | DJ Martin Wonderland | |
„Qizaloq“ (Azizjon Qosimov bilan) | Azizjon Qosimov | |
„Sensan“ (Azizjon Qosimov bilan) | Azizjon Qosimov | |
„Endi kutma“ (Slow mix) | DJ Tennor | |
2015 | „Beqarorman“) | Shaxboz va Navruz dueti ijodkorlari |
„Beqarorman“ (Remix) | DJ Martin Wonderland | |
„Beqarorman“ (Slow mix) | DJ Tennor | |
„Yoron-ey“ | Ilhom Sulton | |
2016 | „Alamim bor“ | Shaxboz va Navruz dueti ijodkorlari |
2017 | „Goʻzal yor“ (UmiD.uZ bilan) | DJ Xusnish |
„Mening Yurtimda bayram!“ (Lui Amri bilan) | DJ Xusnish |
Kliplari[tahrir]
Yil | Klip nomi | Rejissor |
---|---|---|
2017 | „Alamim bor“ | Baxtiyor Nabiyev |
2018 | „Beqarorman“ (rejalashtirilgan) | Shavkat Ubayev, Baxtiyor Nabiyev |
Koʻrsatuvlari[tahrir]
Yil | Koʻrsatuv nomi | Efirga uzatilgan telekanal | Lavozimi |
---|---|---|---|
2016-yil iyul — sentabr | „NON-STOP: Wi-Fi“ | Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV | Boshlovchi, muxbir |
2016-yil sentabr — noyabr | „NON-STOP“ | Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV | Muxbir |
2016-yil noyabr — 2017-yil mart | „#HASHTAG“ | Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV | Muallif, muharrir, muxbir |
2017-yil mart — noyabr | „#HASHTAG“ | Mening Yurtim (MY5), Sevimli-TV | Muallif, muharrir, boshlovchi, muxbir, montaj operatori |
2017-yil dekabr | „HAPPY TIME“ | Mening Yurtim (MY5) | Muallif, muharrir, boshlovchi, muxbir, montaj operatori |
2017-yil mart – hozirgi kun | „Markaziy Studiya“ | Mening Yurtim (MY5) | Muxbir |
Qoʻshimcha manbalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Jaloliddin Mirzayev haqida turkum mavjud |
- Jaloliddin on Apple Music
- „Alamim bor“ klipi ELLO kanalida premyera qilindi
- Barun Sobti's Interview For Non Stop Show on Channel MY5 - 24th, May 2016
- Foydalanuvchi profili jaloliddinjm.id.uz
- Jaloliddin Mirzayev - Rasmiy veb sahifa
- "Endi kutma" taronasi Jaloliddin JM va UmiD.uZ ijrosida!
- Instagramdagi rasmiy sahifa
- Jaloliddinning YouTubedagi rasmiy kanali (Vlog)
- Jaloliddinning taronalari SoundCloud saytida
- Jaloliddinning ilk albomi sotuvga chiqarildi
- „Beqarorman“ taronasining matni